Momchilo Babich Serbiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
"Elchi janoblariga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi mas‘uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozadi Baxtiyor Saidov.