Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 393-son qaroriga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 2025-yil 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.
Ushbu qarorga asosan, 2025-yil 1-martdan moped va skuter boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinishi belgilangan edi.