Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024-yilning iyul-sentyabr oylarida avtomobil narxlari tahlil qilindi.
2024-yilning avgust oyida avtomobil narxlari iyul oyiga nisbatan oshgan boʻlsada, sentyabr oyida narxlarda pasayish kuzatildi.
2024-yilning sentyabr oyida oʻrtacha va koʻp foydalanilgan ommabop avtomobillar narxlari sezilarli darajada pasaygan boʻlsa, kam foydalanilgan avtomobil narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi. Xususan, avgust oyida kam foydalanilgan Lacetti avtomobilining ikkilamchi bozordagi narxi 4,5 foizga, oʻrtacha foydalanilgani 6,0 foizga va koʻp foydalanilgani 5,4 foizga oshdi. Sentyabr oyida esa oʻrtacha va koʻp foydalanilgan Lacetti narxlari avgust oyiga nisbatan mos ravishda 2,1 va 2,8 foizga hamda kam foydalanilgan Lacetti narxlari 0,8 foizga pasaydi.
Mahalliy ommabop avtomobil uchun sentyabr oyida taklif qilingan oʻrtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:
Lacetti: kam foydalanilgan - $15 091 (avgust oyida – $15210), oʻrtacha foydalanilgan - $14 341 ($14 649), koʻp foydalanilgan - $13 044 ($13 420);
Cobalt: kam foydalanilgan - $13 040 (avgust oyida – $13 189), oʻrtacha foydalanilgan - $12 301 ($12 769), koʻp foydalanilgan - $11 488 ($11 904);
Spark: oʻrtacha foydalanilgan - $10 078 (avgust oyida – $10 390), koʻp foydalanilgan - $8 818 ($9 149).
Avgust oyida kam foydalanilgan Malibu uchun taklif etilgan oʻrtacha narx iyul oyiga nisbatan 2,8 foizga, oʻrtacha foydalanilganlari uchun 3,8 foizga, koʻp foydalanilganlari uchun 2,0 foizga oshgan boʻlsa, sentyabr oyida kam foydalanilgan Malibu uchun taklif etilgan oʻrtacha narx avgust oyiga nisbatan 2,8 foizga, oʻrtacha foydalanilganlar uchun 1,5 foizga, koʻp foydalanilganlar uchun 0,4 foizga pasaydi.
Mahalliy lyuks avtomobillar uchun sentyabr oyida taklif qilingan oʻrtacha narxlar quyidagicha:
Malibu: kam foydalanilgan - $29 390 (avgust oyida – $30 252), oʻrtacha foydalanilgan - $28 703 ($29 154), koʻp foydalanilgan - $24 401 ($24 506);
Tracker: kam foydalanilgan - $18 500 (avgust oyida – $19 284), oʻrtacha foydalanilgan - $17 738 ($18 723), koʻp foydalanilgan - $16 647 ($16 956).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling