Toshkentning Uchtepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasi va salon qismida 4 dona qogʻoz qutida 45 ming 211 dona salyutlar va petardalar borligi aniqlandi.
Vaqtincha saqlovga olingan mazkur pirotexnika vositalarining qiymati 35 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Fargʻonada 11,5 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Jumladan, oldindan kuzatuvga olingan shaxslar boshqaruvidagi Lacetti va Cobalt toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, Cobaltʻda dastlabki qiymati 57,8 mln soʻmlik 3 turdagi 5960 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotgani aniqlangan boʻlsa, Lacettiʻda esa dastlabki qiymati 38,6 mln soʻmlik 3 turdagi 5624 dona salyut va petardalar borligi aniqlandi.
Shunday qilib oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jami qiymati 96,4 mln soʻmlik 11 ming 584 dona pirotexnika vositalari daliliy ashyo tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling