Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Murodbek Sherliyev tayinlovga qadar xizmat boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Murodbek Sherliyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldinroq Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling