Prezidentning “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:
— bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlganlarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlashi;
— madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini oʻrgangan musiqa yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini oʻqitishi mumkin.
2025/2026 oʻquv yiliga qadar musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab madaniyat yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-apreldan boshlab:
— maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi;
— jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling