Toshkent shahrining Mustaqillik shoh ko‘chasida transport vositalari harakatida ayrim cheklovlar o‘rnatiladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ushbu ko‘chada qurilish-ta‘mirlash ishlari olib boriladi.
Shu bois 2-iyul soat 01:00 dan 13-iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko‘chasi bo‘ylab, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha yo‘nalishidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Yo‘l harakatiga tushadigan yuklamani kamaytirish, tirbandliklarning oldini olish hamda haydovchilar uchun noqulayliklarni minimallashtirish maqsadida qurilish ishlari davomida yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismida yo‘l harakati holatidan kelib chiqib, vaqti-vaqti bilan ikki tomonlama harakat tashkil etilishi mumkin.
Haydovchilardan harakat yo‘lanishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.