Erik ten Hag “Manchester Yunayted”dan ketdi

Murabbiy klub bilan ikkita sovrin yutgan

2022-yilning aprelidan buyon “Manchester Yunayted”da ishlab kelayotgan Erik ten Hag jamoa bosh murabbiyligidan ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Murabbiy klub bilan ikkita sovrin yutgan: 2023-yilda “Karabao” kubogi va 2024-yilda Angliya Kubogi.

"Biz Erikdan biz bilan boʻlgan vaqt davomida qilgan barcha ishlari uchun minnatdormiz va unga kelajakdagi ishlariga rivoj tilaymiz. Bosh murabbiy tayinlangunga qadar Rud van Nistelroy jamoani vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqaradi”, — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Maʼlumot uchun, APLning joriy mavsumida 9-turdan soʻng “Manchester Yunayted” 11 ochko bilan 14-oʻrinni egallab turibdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling