Oʻzbekistonning ikkita viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Bunga kutilayotgan yoggʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sabab bo'ladi

25—28-fevral kunlari kutilayotgan yoggʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

"Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling