Namangan viloyatining Pop tumanida 23 yoshli yigit suvda cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
28-may kuni u qarindoshlari bilan birga Pop tumanidagi dam olish maskaniga borgan.
So‘ng u yerdan oqib o‘tuvchi “Chodaksoy” soyiga cho‘milish maqsadida tushgan.
Biroq ehtiyotsizligi oqibatida u suvda cho‘kib ketib, qayta chiqmagan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining qutqaruvchilari jalb etilgan holda suvga cho‘kib ketgan yigitni qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.