Namanganda noyabr oyida noqonuniy chiqindi tashlaganlar shaxslarga jami 73 mln soʻm jarima belgilandi

Ayni damda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda

Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida doimiy nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, noyabr oyi boshidan hozirgi vaqtgacha viloyat boʻyicha shu paytga qadar belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bogʻliq 184 ta huquqbuzarlik aniqlandi.

Huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 73 mln 688 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.

Ayni damda viloyat boshqarmasi tomonidan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling