Janubiy Koreya va Slovakiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Namangan shahridagi xususiy bandlik agentligining norasmiy ishchisi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroni tanishlari orqali ularni Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 2000 dollar talab qiladi. Ammo, u oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Namangan shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari ham mansabdor tanishlari orqali o‘z hamshaharini Slovakiyaga ishga yuborish evaziga 40 mln so‘m talab qiladi.
U oldindan viza chiqartirib berish uchun 600 dollar va 2,8 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur shaxs muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.