Andijon viloyatining Asaka tumani, “Uchtosh” MFYda 7-dekabr kuni er-xotin is gazidan vafot etdi.
Maʼlum qilinishicha, 1985-yilda tugʻilgan fuqaro M.A va uning 1986-yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi M.Alarning jasadi shu kuni soat 9:20 larda xonadondagi qoʻl bola usulda yasalgan isitish pechiga solingan koʻmir yoqilgʻisidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish aʼlomatlari bilan topilgan.
Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi aʼzolari tomonidan koʻzdan kechirilib, fuqarolarning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling