Oʻzbekiston hududida 15-noyabr kuni soat 11:59 da zilzila sodir boʻldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Episentr: Navoiy viloyati, Tomdi tumani. Zilzila koordinatalari: 41,42 gradus shimoliy kenglik; 64,1 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 427 km shimoliy-gʻarbda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling