Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi

Safar davomida ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish rejalashtirilgan

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Safar davomida yirik sanoat obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish, yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida davlat rahbari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab beradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling