Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Aylanma soliqdan QQSga o‘tadigan korxonalar bir yil foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi

Bugungi kunda soliq tekshiruvlari bo‘yicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan.

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti davom etmoqda.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirilgani hisobiga bu soliq rejimida ishlayotgan tadbirkorlar soni kun sayin ko‘paymoqda.

Lekin, hali ko‘pchilik QQSga o‘tsam, hisob-kitob qiyinlashadi, buxgalter olishim kerak, xarajat oshadi, deb shubhalanmoqda.

Shu bois, aylanma soliqdan QQSga o‘tadigan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, hisobotida xatolik bo‘lsa ham, jarima qo‘llanmaydi, buxgalterlar maoshining 5 million so‘mgacha qismi olti oygacha bunday korxona to‘layotgan soliqdan chegirib tashlanadi.

Bugungi kunda soliq tekshiruvlari bo‘yicha 20 mingdan ziyod tadbirkorlarda 16 trillion so‘mlik xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu minglab biznes vakillarining tadbirkorlik reytingidagi o‘rniga salbiy taʼsir qiladi.

“Shu bois bugun o‘ziga xos “amnistiya” eʼlon qilamiz, ushbu tekshirishlar bo‘yicha jazo qo‘llanmaydi. Buning o‘rniga 1 noyabrgacha tadbirkorlarimizga barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy to‘g‘irlash imkoni beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, 1-noyabrdan boshlab biznes vakillari tadbirkorlik reytingini “toza sahifadan” boshlaydi”, - dedi Prezident.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling