Nikaraguaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashdi

Tatyana Daniyela Garsiya Silva Nikaraguaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlarni oʻrganish mexanizmlarini muhokama qildi.

“Tashqi ishlar vazirliklari aloqalarimizda, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan aniq natijalarga erishishda lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim. Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozadi vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling