Toshkentda 7,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Yashnobod tumanida joylashgan “K.I.” MCHJ masʼullari elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 7 mlrd 528 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling