Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “M.S.G.“MCHJga qarashli avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasiga taʼminotchi omboridan olib kelingan 1,4 tonna Ai-80 markali avtobenzin mavjud boʻlsada shoxobchada hech qanday sabablarsiz sotilmasdan saqlab turilganligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, Toshkent tumanida joylashgan ”N.P." MCHJga qarashli AYOQSHda sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi toʻxtatildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling