Qashqadaryoda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila episentri Toshkentdan 422 km janubiy-g‘arbda

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida soat 15:32 da zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, episentrda sezilish kuchi: 4 ball. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Nishon tumanida 2-3 ball, 22 km.
  • G‘uzor tumanida 2 ball, 29 km.
  • Qarshi shahrida 2 ball, 37 km.

Zilzila episentri Toshkentdan 422 km janubiy-g‘arbda

Magnituda: 3,5. Chuqurligi: 10 km.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling