Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti Xirosima va Nagasaki atom bombardimonlari jabrlanuvchilarini birlashtirgan tashkilotga berildi.

“Nihon Hidankyo” tashkiloti mukofotni “yadro qurolidan xoli tinchlikka erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va yadro quroli hech qachon qayta qoʻllanmasligi kerakligini isbotlagani uchun” olgan.
“Nihon Hidankyo” Xirosima va Nagasaki atom bombardimonlari jabrlanuvchilari tomonidan tashkil etilgan.