Bulungʻur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.K. “Mehrjon” MFYda joylashgan nonvoyxonasida yer osti oʻtuvchi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 660 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling