“Oʻzenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida Namangan shahrida nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Unda fuqaro J.M. va A.Y. larga qarashli nonvoyxonalarning gaz qurilmalarini tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 318,6 mln soʻmlik (122,5 ming metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling