Toshkentning bitta tumanida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Ayni vaqtda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda

Toshkent shahar Yangihayot tumani 8-hududida joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida texnik nosozlik kuzatilmoqda.

Shu sabab mazkur hududda koʻp qavatli uylardagi 7500 ta xonadon va 150 yerli xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Holat bartaraf etilganidan soʻng gaz taʼminoti tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling