Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi 70 yoshga oshiriladi

Notarius o‘z roziligi bilan ish faoliyatini 70 yoshgacha amalga oshirishi mumkin.

Prezidentning “Notariat institutini yana-da rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lgan quyidagi nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro xatlari yozish tartibi joriy etiladi:

  • notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talab;
  • yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti bo‘lgan ko‘char mol-mulkka qaratish to‘g‘risida talab;
  • ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlaridan majburiy badal va to‘lovlar, kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talablar.

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan O‘zbekistonda notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshiriladi.

Bunda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi  tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra notarius o‘z roziligi bilan ish faoliyatini 70 yoshgacha amalga oshirishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling