Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O-N.” oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, 273,3 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Uychi va Toʻraqoʻrgʻon tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “Z.Q.” va “S.O.” MCHJ masʼul shaxslari hamda YATT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling