Navoiyning ikki tumanida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Navoiy viloyati, Nurota tumanida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan E.N. fuqaro K.H.ga jami 4 000 AQSH dollarini 51,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Zarafshon shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan M.J. fuqaro A.J.ga jami 3 900 AQSH dollarini 50 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 2 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling