Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida boʻladi.
Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni Gʻazo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
12-13-noyabr kunlari Oʻzbekiston yetakchisi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga koʻra BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
Oʻzbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq soʻzlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling