Toshkent viloyatida 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka joʻnatmoqchi boʻlgan ayol ushlandi

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan DXX Ohangaron shahar xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda yana bir shaxs odam savdosi qurboni boʻlishining oldi olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron shahrida yashovchi 2002-y.t. ayol (H.T.) oson pul topish maqsadida oʻziga tanish boʻlgan 2004-y.t. ayol (Z.O.)ni aldab, moʻmay daromad topishga ishontirib Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatining Istanbul shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. 

Maʼlum boʻlishicha, ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur boʻlgan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling