7-noyabr kuni Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanidagi “A.Navoiy” MFY hududidan oʻtgan oʻrta bosimli gaz quvurini avtotransport vositasi urib shikast yetkazgan.
Buning natijasida soat 21:18 dan boshlab hududdagi 300 ta xonadonning tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, deyiladi “Hududgaztaʼminot” AJ xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling