Fargʻonada fuqaro N.I. va boshqalar “T.B.” MCHJ binosini MCHJ rahbari bilan ogʻzaki kelishuvga asosan ijaraga olib, tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etgan.
Sex umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd soʻm zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling