Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi “B.B.B” MCHJ rahbari A.S. jamiyatga qarashli binoda tashkil qilingan ohak sexiga oʻrnatilgan elektron hisoblagichning tamgʻasini buzib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 5,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling