Toshkent viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi giyohvandlik vositalarini sotgan va olib oʻtayotgan shaxslar qoʻlga olindi

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Ohangaron tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyatida yashovchi 29 yoshli shaxs (A.K.) 560 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini xaridorga 11 mln 700 ming soʻmga sotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi.

Shuningdek, viloyat IIBB va DXX xodimlari tomonidan Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda, Navoiy viloyatida yashovchi 25 yoshli ikki nafar shaxs oʻziga tegishli boʻlgan Nexia avtomashinasida 84 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini keyinchalik sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251(1)-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling