Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasi 4 ta yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklari quriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘laklar Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 42–47 km qismida qurilishi rejalashtirilgan.
"Ushbu inshootlar aholining xavfsiz yurib o‘tishini ta‘minlaydi, transport oqimini yaxshilaydi va YTHlarning yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi", deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, qurilish ishlari doirasida yo‘l bo‘yida joylashgan ayrim sog‘lom bo‘lmagan daraxtlar boshqa joyga ko‘chiriladi. Ularning o‘rniga yangi daraxtlar ekiladi.
"Yangi ekilgan daraxtlar 3 yil davomida muntazam sug‘orilib, parvarish qilinadi va ularning o‘zlashtirilishi doimiy nazorat ostida bo‘ladi", deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.