Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling