Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Bu yil oktyabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Oktabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Bu yil oktabr oyi ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan boshlanadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Taʼkidlanishicha, sentabr oyining oxirida kuzatilgan iliq ob-havodan so‘ng, 1–2-oktabr kunlari O‘zbekiston hududida ushbu mavsumdagi birinchi kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.

Respublika shimolida, markaziy va sharqiy viloyatlarda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha, respublika shimolida kunduz kunlari 13-16 darajagacha, kechalari 4-5 daraja iliqqacha pasayadi.

3-oktabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. 4-10-oktabrda butun respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Havo harorati 5-7 darajaga ko‘tariladi. Kunduz kunlari havo 23-26 darajagacha isiydi.

Oktabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda (2-3 kun) ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 

Harorat kechalari 10-15 darajadan 5-10 darajagacha(respublika shimolida 2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin), kunduz kunlari 23-28 darajadan 15-20 darajagacha o‘zgarib turadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling