Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda “Yoshlik-1” konini oʻzlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish boʻyicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.
Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling