Toshkentning uchta tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Ushbu hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Mavjud elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 13-may kuni Olmazor, Mirobod va Uchtepa tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Olmazor tumani: “Ahil” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Furqat” MFYning ayrim hududlarida soat  10:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “O‘rikzor”  MFYning ayrim hududlarida soat 11:00 dan 17:30 gacha.

Ushbu hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling