Mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 5-fevral kuni Olmazor tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: “Chiltugʻon”, “Xoncharbogʻ”, “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Yuqori Sebzor”, “Qoshtut”, “Eski shahar”, “Xofiz Kohakiy” hamda “Hasti Imom” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 12:00 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling