11-dekabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Olmazor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 35/10/6 kV kuchlanishli “Xadra” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib boriladi.
- Ushbu hududlar: “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Yuqori Sebzor” hamda “Chiltogon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 13:30 dan 17:30 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling