Mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 1-aprel kuni Olmazor tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: “Sebzor”, “Yuqori sebzor”, “Yangi sebzor”, “Namuna”, “Chiltoʻgʻon” hamda “Hasti Imom” MFYlarining ayrim hududlarida soat 11:00 dan 15:00 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.