Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ayrim manzillarda 26-noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Bunga taʼmirlash ishlari sabab boʻladi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
- “Ahil” MFYdagi 1590 ta yerli xonadon;
- “Yangi Toshkent” MFYdagi 618 ta yerli xonadon;
- “Paxta” MFYdagi 685 ta yerli xonadon;
- “Moyariq” MFYdagi 691 ta yerli xonadon;
- “Gʻ.Agʻzamov” MFYdagi 703 ta yerli xonadon;
- “Chinniobod” MFYda 5 ta koʻp qavatli uylardagi 365 ta xonadon;
- “Zamondosh” MFYda 17 ta koʻp qavatli uylardagi 691 ta xonadon;
- “Achaobod” MFYda 9 ta koʻp qavatli uylardagi 969 ta xonadon;
- “Chimboy” MFYdagi 650 ta yerli xonadon;
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 36 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling