Olmazordagi 17 ta koʻchadan oʻtgan yoʻl gastronomik koʻchaga aylantiriladi

Poytaxtdagi yana 26 ta koʻcha tunu-kun ishlaydigan gavjum koʻchaga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 17 ta koʻchadan oʻtgan 7,3 kilometr uzunlikdagi yoʻlni gastronomik koʻchaga aylantirish loyihasi maʼqullandi. Ushbu koʻchada 250 ta savdo va servis obyektlari tashkil qilinib, kamida 1,5 ming ish oʻrni yaratiladi.

Poytaxtdagi yana 26 ta koʻchani tunu-kun ishlaydigan gavjum koʻchaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini 1 mingtaga koʻpaytirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi taʼkidlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling