Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “O.T.S.” MCHJ tomonidan tashkil qilingan boshqaruv servis kompaniyasi elektrni talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kompaniya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.