Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 21-may kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Qizg‘aldoq” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 235 ta yerli xonadonlar
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta
Chilonzor tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Katta Olmazor” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 12 ta ko‘p qavatli uylar
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta
Shayxontohur tumani (10:00 dan 16:00 gacha): Navoiy ko‘chasi
- Aholi iste‘molchilar soni: 8 ta ko‘p qavatli uylar
Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Mevazor” MFY
- Aholi isteʼmolchilar soni: 483 ta
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta
Sergeli tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Nomdanak” MFY
- Aholi xonadonlari soni: 510 ta yerli xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.