Buxoroda daraxtlarni kesib tashlagan fuqaro tabiatga 189 mln so‘m zarar yetkazdi

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirildi.

Buxoro viloyatining Olot  tumanida fuqaro J.T. 24 tup jiyda daraxtini o‘zboshimchalik bilan ekskavator yordamida qo‘porib tashladi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Fuqaro ushu huquqbuzarligi natijasida tabiatga 189 mln 520 ming so‘m zarar yetkazdi. 

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling