4-fevral kuni oʻlchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord koʻrsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Bir gramm oltin quymasi 1 214 300 soʻmga baholanmoqda. Regulyator tomonidan oltin quymalari boʻyicha taqdim qilingan maʼlumotga koʻra:
- 5 gramm oʻlchovli oltin quyma narxi 6 mln 71 ming soʻm;
- 10 gramm oltin quyma narxi 12 mln 143 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 24 mln 286 ming soʻm;
- 50 gramm oltin quyma narxi 60 mln 715 ming soʻm;
- 100 gramm oltin quyma narxi 121 mln 430 ming soʻm.