Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi aniq bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Uning yozishicha, klub “Lans”ga 40 million yevro to‘laydi. Shuningdek, qo‘shimcha bonuslar ham mavjuda.
Yaqin kunlarda Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Shartnoma 2029-yil iyunigacha, yana bir yil uzaytirish bandi bilan tuziladi.