Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, M. Ulug‘bek ko‘chasida 5-may kuni soat 16:25 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Equinox haydovchisi sog‘ligi yomonlashib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Natijada svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga urilgan.
Hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan.
15 ta avtomashina texnik shikastlangan. Equinox haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.