Toshkent shahri, Chilonzor tumani, KHAY koʻchasi, Soliq kolleji qarshisida 19-noyabr kuni soat taxminan 20:45 larda YTH sodir boʻldi.
Haydovchilar 2001-yilda tugʻilgan A.O. boshqaruvidagi Zeekr hamda 2003-yilda tugʻilgan B.F. boshqaruvidagi Onix transport vositalari oʻrtasida YTH sodir boʻlgan.

YTH natijasida Onix yoʻlovchisiga tez-tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.